Tadbirkorlik va loyiha boshqaruvi boʻyicha har bir yo‘nalishda eng yuqori ball to‘plaganlar AQSHga yo‘llanma olish imkoniga ega
Entrepreneurship and Small Business (ESB)

Entrepreneurship and Small Business (ESB) — bu xalqaro tadbirkorlik bo‘yicha sertifikatsiya bo‘lib, u yoshlar va talabalar uchun biznes boshlash va kichik biznesni boshqarish bo‘yicha asosiy bilimlarni tasdiqlaydi.


Sertifikat Certiport (Pearson Vue) tomonidan beriladi va Intuit hamda Network for Teaching Entrepreneurship (NFTE) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.


Bu sertifikat quyidagilarni bilishingizni ko‘rsatadi:

  • biznes g‘oyani topish
  • biznes reja tuzish
  • marketing va savdo strategiyalari
  • moliyaviy boshqaruv
  • biznes operatsiyalarini yuritish

Oddiy qilib aytganda:

ESB — bu startap yoki kichik biznesni boshlash uchun zarur bo‘lgan asosiy bilimlarni tasdiqlovchi sertifikat.


ESB odatda quyidagilar uchun mos:

  • maktab o‘quvchilari
  • kollej va universitet talabalari
  • startap boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar
  • kichik biznes ochmoqchi bo‘lganlar

ESB imtihon formati: ESB sertifikatini olish uchun xalqaro imtihon topshiriladi.

Asosiy parametrlari:

  • ⏱ 50 daqiqa
  • ❓ 42–45 ta savol
  • 🎯 Oʻtish va sertifikat olish balli — 700 (maksimal 1000)

ESB sertifikatini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar AQSHda o‘tkaziladigan NFTE xalqaro tadbirkorlik musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Project Management Ready (PMR)

PMR — Project Management Ready sertifikati loyiha boshqaruvining asosiy tushunchalari, jarayonlari va vositalarini bilishingizni tasdiqlaydi.


U quyidagi bilimlarni qamrab oladi:

  • loyiha nima va u qanday boshqariladi
  • loyiha bosqichlari (project lifecycle)
  • vaqt, resurs va byudjetni rejalashtirish
  • risklarni boshqarish
  • jamoa bilan ishlash
  • loyiha hujjatlari va monitoring

Oddiy qilib aytganda:

PMR — loyiha boshqaruvi sohasiga kirish uchun birinchi bosqich hisoblanadi.


PMR sertifikati quyidagilar uchun mos:

  • maktab o‘quvchilari
  • kollej va universitet talabalari
  • loyiha boshqaruvini o‘rganishni boshlayotganlar
  • IT, biznes yoki startap sohasiga qiziqadigan yoshlar

Bu sertifikat PMI professional sertifikatlari yo‘liga kirish uchun boshlang‘ich qadam hisoblanadi.


PMR imtihon formati: PMR sertifikatini olish uchun xalqaro imtihon topshiriladi.

Asosiy parametrlari:

  • ⏱ 50 daqiqa
  • ❓ 40 ta savol
  • 🎯 Oʻtish va sertifikat olish balli — 700 (maksimal 1000)
Imtihonda qatnashish bosqichlari
Ro'yxatdan o'tasiz
Ushbu saytda roʻyxatdan oʻtgach, biz siz bilan boʻlanamiz va barcha savollaringizni javob beramiz. Imtihonga yozilishingiz bilan sizga oʻquv materiallar va mashgʻulot (mock) teslarini taqdim etamiz.
Imtihonga tayyorlanish
Sizga taqdim etilgan videodarslar va oʻquv materiallari boʻyicha imtihonlarga tayyorlanasiz. Mentorlar siz bilan hamisha aloqada boʻlishadi va barcha savollaringizga javob berib borishadi.
Imtihon topshirish
Imtihonga tayyor bo‘lganingizdan keyin sana kelishib olinadi va siz Toshkent shahrida o‘tkaziladigan imtihonda tanlagan yo‘nalishingiz — ESB yoki PMR bo‘yicha sertifikat imtihonini topshirasiz.
Natijalar va keyingi qadamlar
Imtihondan soʻng natijarlaringizni koʻrasiz, 700 va undan yuqori ball toʻplagan boʻlsangiz, xalqaro sertifikatga ega boʻlasiz. ESB imtihonidan yuqori natijali sertifikatlarini olgan nomzodlar esa noyabr oyida AQShda boʻlib oʻtadigan NFTE musobaqasida qatnashish imkonini qoʻlga kiritishadi.
Nima olasiz?
  • Ishtirok
    Xalqaro Sertifikat
    Rezyume va Portfolio uchun yutuq
  • G‘oliblar
    ESB boʻyicha gʻoliblar uchun AQShdagi musobaqada qatnashish imkoniyati
ESB va PMR imtihonlarini topshirish uchun asosiy talablar:
  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz
  • Ingliz tilida imtihon topshira olsangiz
  • Mustaqil yoki kurslar orqali tayyorgarlik ko‘ra olsangiz
Muhim!

Chempionatda qatnashish uchun Diplom yoki Sertifikat talab qilinmaydi.

NFTE musobaqasida qatnashish imkonini qoʻlgan kiritgan nomzodlarning AQShga borib kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Imtihonlarga roʻyxatdan oʻtish uchun formani toʻldiring
Shoshiling! Ro'yxatdan o'tish 1-may kuni to'xtatiladi.
Days
Hours
Minutes
Seconds
Made on
Tilda